12.1.Jamiyat Hujjatlar va qonunçilikka rioya etilişini avtomatik vositalar yordamida ham, qölda ham nazorat qilişga, şu jumladan Kontent, Natijalar, sörovlar, SI agent sozlamalari va foydalaniş jurnallarini tekşirişga haqli, biroq bunga majbur emas. Jamiyat aniqlanmagan qoidabuzarlik uçun javobgar bölmaydi.
12.2.Jamiyat quyidagi hollarda çoralar qöllaşga haqli:
- Hujjatlar yoki qonunçilik buzilganda yoki buziliş belgilari mavjud bölganda;
- sud yoki vakolatli davlat organi talab qilganda;
- uçinçi şaxsning, şu jumladan Ovoz egasi yoki huquq egasining asosli şikoyati kelib tuşganda;
- Foydalanuvçi soxta maʼlumot taqdim etganda yoki söralgan maʼlumot, hujjat yoxud rozilik isbotini belgilangan muddatda taqdim etmaganda;
- voyaga yetmagan Foydalanuvçining qonuniy vakili roziligi tasdiqlanmaganda;
- Platforma, boşqa Foydalanuvçilar yoki uçinçi şaxslar xavfsizligiga tahdid, ğayritabiiy yuklama, API kaliti oşkor bölgani yoki ruxsatsiz kiriş belgilari aniqlanganda;
- limitlar, bonuslar yoki çoralarni çetlab ötişga urinilganda;
- tölovga insofsizlarça eʼtiroz bildirilganda yoki tölovda firibgarlik belgilari aniqlanganda;
- uçinçi şaxs platformalari, şu jumladan ulangan Kanallar qoidalari buzilganda.
12.3.Jamiyat quyidagi çoralardan birini yoki bir neçtasini qoidabuzarlikning oğirligi va xavfiga qarab qöllaydi; çoralar ketma-ket qöllanişi şart emas:
- e-mail yoki boşqaruv paneli orqali ogohlantiriş;
- Xizmatlarning ayrim funksiyalaridan (ovozni klonlaş, qönğiroqlar, Kanallar, SI agentlar, Referal dasturi) foydalanişni yoki limitlarni çeklaş;
- API kalitlarini töxtatiş yoki bekor qiliş;
- Kontent, Natija, Ovoz kloni, Ovoz profili va SI agent sozlamalarini öçiriş yoki ularga kirişni yopiş;
- Balansni muzlatiş va Bonus kreditlarni bekor qiliş;
- Akkaunt yoki Taşkilot faoliyatini töxtatib turiş;
- Akkauntni bloklaş, Platformaga kirişni butunlay tugatiş va qayta röyxatdan ötişni rad etiş.
12.4.Çoralar Foydalanuvçini oldindan ogohlantirmasdan qöllanişi mumkin. Foydalanuvçining qoidabuzarligi tufayli qöllangan çoralar böyiça foydalanilmagan Xizmatlar, töxtatilgan davr, öçirilgan Kontent yoki yöqotilgan Kreditlar uçun pul mablaği qaytarilmaydi va tovon tölanmaydi, qonunçilikning majburiy normalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
12.5.Jamiyat Foydalanuvçining söroviga köra çora qöllaniş sababini yozma ravişda maʼlum qiladi, qonunçilik, vakolatli davlat organining talabi yoki uçinçi şaxslar huquqlarini himoya qiliş zarurati bunga yöl qöymaydigan hollar bundan mustasno.
12.6.Foydalanuvçi qöllangan çora ustidan Ofertaning 17-bölimida belgilangan tartibda şikoyat qilişi mumkin. Jamiyat şikoyatni 15 (ön beş) kalendar kun içida körib çiqadi; çora avtomatik belgilar asosida qöllangan bölsa, uning asosliligini qayta baholaydi. Şikoyat berilişi çoraning amal qilişini töxtatmaydi. Çora asossiz qöllangani aniqlansa, Jamiyat uni bekor qiladi, Akkaunt yopilgan bölsa, Ofertaning 9.9-bandi «c» kiçik bandi qöllaniladi.
12.7.Jiddiy qoidabuzarlik — firibgarlik, özini boşqa şaxs sifatida körsatiş, qonunçilikka zid kontent yoki uçinçi şaxslarga zarar yetkaziş — aniqlanganda Jamiyat Balansning foydalanilmagan qismini muzlatişga, Bonus kreditlarni bekor qilişga va muzlatilgan mablağni özining hujjatlar bilan tasdiqlangan zararini, şu jumladan uçinçi şaxslar talablari, jarimalar va xarajatlarni qoplaşga yönaltirişga haqli. Qoldiq faqat qonunçilikning majburiy normalarida nazarda tutilgan hollarda qaytariladi.
12.8.Tekşiruv davomida, şu jumladan Foydalanuvçidan isbot yoki tuşuntiriş kutilayotgan paytda, Jamiyat Akkaunt, API kalitlari, Ovoz klonlari, Kanallar yoki Balansni zarur muddatga vaqtinça çeklaşga yoki muzlatişga haqli. Tekşiruv qoidabuzarlikni tasdiqlamasa, çeklov olib taşlanadi.
12.9.Jamiyatning söroviga köra Foydalanuvçi Ovoz egasi roziligining isbotini Ofertaning 6.3-bandida belgilangan muddatda, Kontentga huquqlar, Oxirgi foydalanuvçilar va xabar qabul qiluvçilar roziligining isbotini esa Jamiyat belgilagan oqilona muddatda taqdim etadi. Isbot taqdim etilmasa yoki yetarli bölmasa, Jamiyat tegişli Ovoz kloni, Kontent yoki Kanalni öçirişga yoki bloklaşga haqli.
12.10.Qöllangan çorani yangi Akkaunt, boşqa Taşkilot, boşqa şaxsning Akkaunti yoki API kaliti, boşqa e-mail yoki kiriş usuli orqali çetlab ötiş taqiqlanadi va alohida jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi.
12.11.Jamiyat taqiqlangan kontent yoki harakatlarga aloqador deb hisoblagan Kontent, Natija, Ovoz namunasi, Ovoz kloni, Ovoz profili, SI agent yoki bilimlar bazasini ogohlantirmasdan öçirişga yoki ularga kirişni yopişga haqli. Jamiyat öçirilgan maʼlumotlarni tiklaşga majbur emas; bu qoida 12.13-bandda nazarda tutilgan saqlaşga taʼsir qilmaydi.
12.12.Jamiyat uçinçi şaxslarning, şu jumladan Ovoz egalari, huquq egalari va davlat organlarining şikoyatlarini info@neuronai.uz manzili orqali qabul qiladi, şikoyat mazmunini Foydalanuvçiga yuborişi va undan tuşuntiriş söraşi mumkin. Şikoyat körib çiqilgunça Jamiyat çoralar qöllaşga haqli.
12.13.Jamiyat foydalaniş jurnallarini (Foydalanuvçi, API kaliti, Taşkilot, IP-manzil, kiritilgan matn, ovoz identifikatori, audio yöli, narx va vaqt), tölov yozuvlari va aksept maʼlumotlarini Maxfiylik siyosatida körsatilgan muddatlarda saqlaydi, qoidabuzarlikka oid Kontentni esa dalil sifatida Akkaunt öçirilgan kundan boşlab 3 (uç) yilgaça saqlaşga haqli. Sud, vakolatli davlat organi, suriştiruv yoki tergov organining qonunçilikda belgilangan tartibdagi söroviga köra Jamiyat bu maʼlumotlarni va Foydalanuvçining boşqa maʼlumotlarini, şu jumladan Kontentni taqdim etadi. Qonunçilik yoki sörov mazmuni taqiqlagan hollarda Jamiyat bu haqda Foydalanuvçini xabardor qilmaydi.
12.14.Çoralar Foydalanuvçini javobgarlikdan ozod qilmaydi va Jamiyatning zararni qoplaşni talab qiliş, vakolatli davlat organlariga murojaat qiliş va boşqa himoya vositalaridan foydalaniş huquqini çeklamaydi. Jamiyat Kontentni çeklamagani yoki öçirmagani uning mazmuniga rozi ekanini anglatmaydi.
12.15.Jamiyat ilgari Hujjatlarni buzgani uçun bloklangan, firibgarlik yoki qonunçilik buzilişi belgilari mavjud, soxta maʼlumot taqdim etgan yoki söralgan hujjatlarni taqdim etmagan şaxslarga röyxatdan ötiş, Balansni töldiriş va Xizmatlardan foydalanişni rad etişga haqli.
12.16.Mijozning Akkaunti, Kanallari yoki SI agentlariga nisbatan çora qöllanişi sababli Oxirgi foydalanuvçilarga xizmat körsatiş töxtasa, Jamiyat qonunçilik ruxsat bergan doirada buning oqibatlari uçun javob bermaydi; Oxirgi foydalanuvçilar oldida Mijozning özi javob beradi.