Özbek nutqi va tili uçun API

Bitta API kalit bilan mahsulotingizga özbekça ovozlar, transkripsiya va til modelini qöşing. Python, TypeScript va PHP uçun SDKʼlardan yoki çat uçun istalgan OpenAI SDKʼdan foydalaning.

API nimalar qila oladi

Tört xizmat: bitta base URL, bitta kalit va bitta balans. Barça narxlar

Matnni ovozga aylantiriş

Özbek va yana 35 tilda tabiiy ovozlar, bir neçta ovozli dialog va qisqa namunadan ovoz klonlaş. WAV audio darhol yoki uzun matnlar uçun fon vazifasi orqali.

Hujjatlar

Ovozni matnga aylantiriş

Özbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va yana sakkizta tildagi audio transkripsiyasi, vaqt belgilari bor segmentlar bilan. Kabinetdagi «Uçraşuvlar» yozuvni sözlovçilarga ajratadi.

Hujjatlar

Til modeli

OpenAI formatidagi chat completions, oqimli javob ham bor: OpenAI SDK yangi base URL va kalit bilan işlaydi.

Hujjatlar

Embedding va reranking

Qidiruv uçun matnni vektorlarga aylantiring va natijalarni sörovga qançalik mos javob berişiga köra qayta tartiblang.

Hujjatlar

Birinçi sörov uç qadamda

  1. my.neuronai.uzʼda röyxatdan öting va boşqaruv panelida API kalit yarating.
  2. Kalitni har bir sörovda Authorization: Bearer sarlavhasida base URLʼga yuboring.
  3. Endpointʼni misoldagidek töğridan-töğri yoki SDK orqali çaqiring.
Base URL
https://my.neuronai.uz/api/v1
Autentifikatsiya
Authorization: Bearer <your-api-key>
SDK
pip install naiuznpm install @naiuz/sdkcomposer require naiuz/sdk
MCP server
https://my.neuronai.uz/mcp

Hujjatlarni öqiş

cURL · POST /tts/synthesize
curl -X POST "https://my.neuronai.uz/api/v1/tts/synthesize" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -H "Authorization: Bearer <your-api-key>" \
  -d '{
    "voice_id": "kamron",
    "text": "Assalomu alaykum! Bu NeuronAI matn-nutq xizmati orqali yaratilgan ovoz.",
    "language": "uz",
    "quality": "standard"
  }' \
  --output speech.wav

Javob WAV audio körinişida keladi. Narx, hisoblangan belgilar va balansingiz uning sarlavhalarida qaytadi.

AI yordamçini ulang

Claude, ChatGPT va boşqa MCP mijozlari NeuronAI MCP serveri orqali API kalit bilan yoki hisobga kirib matnni ovozga aylantira, transkripsiya qila va ovoz klonlay oladi.

MCP qöllanmasi

API böyiça savollar

Loyihangiz haqida ayting

Iş hajmingizga mos keladigan NeuronAI yeçimini tanlaşda yordam beramiz.

Boğlaniş