Biz MustaqiLLMʼni yaratdik — Oʻzbek LLM
Bugun biz uchun muhim kun: oʻzbek tili uchun noldan yaratilgan katta til modeli — MustaqiLLMni taqdim etdik. Bu Oʻzbek LLMʼni mustaqil yaratish yoʻlidagi muhim qadamdir.
Bu mavjud xorijiy modelning oddiy fine-tune qilingan versiyasi emas. Biz modelni noldan yaratdik va oʻqitdik.
Model
- 5 milliard parametr
- 40 milliard tokenlik koʻp tilli dataset
- 48 ming tokenli BPE tokenizer
- Oʻzbek tiliga maxsus moslashtirilgan
- Grouped-Query Attention
- QK-Normalization
- Uzun kontekst bilan ishlashga tayyor arxitektura
Nega mustaqil LLM muhim?
AI bugungi raqamli infratuzilmaning muhim qismiga aylanmoqda. Shuning uchun oʻz tilimiz va maʼlumotlarimiz bilan ishlaydigan, texnologik jihatdan oʻzimiz nazorat qila oladigan modellarni yaratish strategik ahamiyatga ega.
Bu nafaqat oʻzbek tilining AIʼdagi rivoji, balki lokal AI ekotizimi, taʼlim va kelajakdagi AI texnologiyalariga mustaqil hissa qoʻshish uchun ham muhim.
MustaqiLLM hali yakuniy manzil emas. Uning bilim, fikrlashi va umumiy til qobiliyatlarini yanada rivojlantirishda davom etamiz.
Ammo bu oʻzbek tilidagi mustaqil AIʼni yaratish yoʻlidagi muhim boshlanish.
Birinchi oʻzbek LLM yoʻlidagi muhim qadam
MustaqiLLM Oʻzbek LLM sifatida tilimiz, maʼlumotlarimiz va lokal ehtiyojlarimiz bilan ishlaydigan mustaqil AIʼni rivojlantirishga xizmat qiladi. Biz uni birinchi oʻzbek LLM yoʻlidagi muhim boshlanish deb bilamiz.
Model vaznlari Hugging Face platformasida joylashtirildi: NeuronUz/MustaqiLLM
MustaqiLLM va NeuronAIʼning OpenAI bilan mos LLM APIʼsi haqida batafsil LLM sahifasida oʻqing.
© NeuronAI Jamoasi
